Tramp Reygan haqidagi reklama tufayli Kanada bilan savdo muzokaralarini toʻxtatdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada hukumati bilan olib borilayotgan savdo muzokaralarini Ontario provinsiyasi tomonidan efirga uzatilgan reklama sababli toʻxtatganini maʼlum qildi. Mazkur rolikda AQSHning 40-prezidenti Ronald Reyganning tariflar (boj toʻlovlari) haqidagi soʻzlari keltirilgan edi.
— Ronald Reygan jamgʻarmasi hozirgina Kanada tomonidan soxtalashtirilgan reklama eʼlon qilinganini bildirdi. Unda goʻyoki Ronald Reygan tariflarga qarshi fikr bildirayotgandek koʻrsatilgan. Aslida esa tariflar AQSHning milliy xavfsizligi va iqtisodiyoti uchun juda muhimdir. Shu sababli ularning bu ochiqchasiga nosamimiy xatti-harakati tufayli Kanada bilan barcha savdo muzokaralari toʻxtatildi, — deb yozdi Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida.
Ontario hukumati eʼlon qilgan bir daqiqalik rolikda 1987-yilgi Reygan nutqidan parchalar keltirilgan. Unda:
“Kimdir xorijiy importga boj joriy etishni taklif qilsa, bu harakat dastlab vatanparvarlikdek tuyuladi va qisqa muddatda ishlashi mumkin, biroq uzoq muddatda bunday toʻsiqlar har bir amerikalikka — ham ishchilarga, ham isteʼmolchilarga — zarar yetkazadi”,
— degan soʻzlar ishlatilgan.
Ronald Reygan jamgʻarmasi bayonotida taʼkidlanishicha, Ontario hukumati reklama tayyorlashda Reyganning 1987-yil 25-aprel kungi “Erkin va adolatli savdo” mavzusidagi radio chiqishidan faqat ayrim qismlarni tanlab olgan hamda ularni ruxsatsiz tahrir qilgan.
— Bu reklama Reyganning nutq mazmunini buzib koʻrsatadi. Ontario hukumati bu soʻzlardan foydalanish yoki ularni tahrirlash uchun hech qanday ruxsat olmagan, — deyiladi jamgʻarma bayonotida.
Maʼlumot uchun, Tramp maʼmuriyati ilgari Kanada mahsulotlarining koʻp turiga 35 foiz boj joriy qilgan, shuningdek poʻlat, alyuminiy, avtomobillar, yogʻoch va mis uchun alohida boj toʻlovlarini ham belgilagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring