Erdogʻan: Turkiya Rossiya va AQSH sammitini qabul qilishga tayyor
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan mamlakati Rossiya va AQSH oʻrtasidagi ehtimoliy sammitni Istanbulda oʻtkazishga tayyor ekanini maʼlum qildi, deb yozadi RBK.
— Bu holat yana bir bor Turkiya va Istanbulning tinchlik yoʻlidagi ahamiyatini koʻrsatadi. Biz bunday uchrashuvni istalgan paytda qabul qilishga tayyormiz. Men [Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp oʻrtasidagi] Budapeshtdagi uchrashuv boʻlib oʻtishini istagan edim. Biz mojaroni toʻxtatish uchun har qanday muloqot foydali, deb hisoblaymiz. Boshidan beri shunday pozitsiyada boʻlib keldik, bu yoʻlda ishladik va adolatli tinchlikka erishish mumkinligini aytib keldik, — dedi Turkiya yetakchisi.
Erdogʻan shuningdek, Turkiya mojaroga jalb qilingan ikki davlat bilan ham yaxshi diplomatik aloqalarga ega ekanini taʼkidladi.
— Bu bizga tinchlik sari yoʻlda ustunlik beradi va biz bu imkoniyatni insoniyat manfaati yoʻlida ishlatishga qatʼiy bel bogʻlaganmiz, — dedi u.
Eslatib oʻtamiz, AQSH va Rossiya prezidentlari 16-oktyabr kuni telefon orqali muloqot qilib, yangi uchrashuv oʻtkazish borasida kelishuvga erishgan edi. Uchrashuv Budapeshtda oʻtkazilishi rejalashtirilgan, biroq keyinchalik Tramp uni “hozircha toʻgʻri emasdek tuyulgani” sababli bekor qilganini maʼlum qilgan. Putin esa bu uchrashuv “bekor qilinmagan, balki keyinga surilgan”ini bildirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring