Akbar Joʻrayev kumush medal sohibi!
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Akbar Joʻrayev “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirok etdi.
Erkaklar oʻrtasida +102 kg vazn toifasida qatnashayotgan hamyurtimiz oʻzining dast koʻtarishdagi chiqishlarini 185 kg vazn bilan yakunlagandi.
Siltab koʻtarish bahslarida esa Akbar Joʻrayev 219 kg natija qayd etdi. Yurtdoshimiz shu tariqa xitoylik sportchidan soʻng 2-oʻrin bilan yakunladi. Uning umumiy natijasi 404 kg boʻldi va 1-oʻrindan 2 kgga kamroq boʻldi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Akbar Xusnidilla oʻgʻli Joʻrayev 1999-yil 8-oktyabrda Toshkent viloyati Gʻazalkent shahrida tavallud topgan. Akbar 109 kg vazn toifasida “Osiyo chempionati – 2019” kumush medali sovrindori, 2019-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi hisoblanadi. U 2020-yil Tokioda Olimpiada chempioni boʻlgandi.
Bungacha Hasanboy Doʻsmatov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev “Parij-2024”ning boks bellashuvlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring