“Akademik harakatchanlik” dasturining 2024-yilgi gʻoliblariga sertifikatlar topshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 222-son qaroriga asosan 2021-yildan buyon Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga vazirlik, idora va tashkilotlar tizimidagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan bepul foydalanish huquqini berish maqsadida “Akademik harakatchanlik” dasturi eʼlon qilib kelinmoqda.
“Akademik harakatchanlik” dasturi – yosh olimlarning oʻz ish joyidan ajralmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetakchi ilmiy markazlarda oʻtkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni, shuningdek, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur.
2024-yil uchun eʼlon qilingan tanlovga yosh olimlar tomonidan 40 ga yaqin loyiha topshirildi. Maxsus ishchi guruh tomonidan loyihalar ilmiy-tadqiqot ishining mavzusi va dolzarbligi, obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, kutilayotgan ilmiy natijalar kabi bir qator talablar asosida koʻrib chiqildi. Tanlov yakuniga koʻra 13 loyiha gʻolib deb topildi. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun yosh olimlarga tegishliligi boʻyicha respublikamizdagi jami 8 ta ilmiy tashkilotning zamonaviy laboratoriyalaridan 6 oygacha bepul foydalanishlari uchun umumiy hisobda 734 mln soʻmlik sertifikatlar topshirildi.
Gʻolib yosh olimlarga laboratoriyalardan foydalanishga shart-sharoitlar qabul qiluvchi tashkilotlarning ilm-fan va innovatsiyaga masʼul boʻlgan rahbar oʻrinbosari tomonidan yaratiladi.
Hozirda respublikada umumiy hisobda 20 ming nafardan ortiq yosh olim va izlanuvchilar boʻlib, kelgusida ularni “Akademik harakatchanlik” dasturi orqali ilm-fanga keng jalb qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash va albatta ilmiy-innovatsion faoliyatga yoʻnaltirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Joriy yilda ham ushbu dastur boʻyicha tanlov eʼlon qilish rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring