Ayrim tibbiyot xodimlariga sanatoriylarga bepul yoʻllanma beriladi
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–336-son, 09.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Unga koʻra, ushbu qarorga asosan 2026-yil 1-yanvardan davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga quyidagi qoʻshimcha imtiyozlar beriladi:
- davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3-yil ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga Davlat byudjeti hisobidan 1-yilda 1 marotaba bepul yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
- davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15-yil ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga 1-yilda 1 marotaba respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yoʻllanma berish;
- barcha turdagi davlat xizmatlari uchun toʻlovlar miqdorini 2 barobar kamaytirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring