Ayrim shaxslarga xorijga chiqish uchun taqiq kuchaytiriladi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistondan chiqish huquqini cheklash choralari ayrim shaxslar uchun kuchaytirildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15-avgustida chiqarilgan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqqa olinmagan holda ham, davlat hududidan chiqib ketgach, suddan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlashi mumkin boʻlganda Oʻzbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash mumkin boʻladi.
Buning uchun prokuror, tergovchi, surishtiruvchi davlatdan chiqish huquqini cheklash toʻgʻrisida majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda iltimosnoma qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Iltimosnoma materiallari esa yopiq sud majlisida 8 soatdan kechiktirmay koʻrib chiqilib, ushbu huquqni vaqtincha cheklash yoki uni rad etish toʻgʻrisida ajrim beriladi.
Maʼlumot uchun, ajrim ustidan 48 soat ichida shikoyat berilishi yoxud protest bildirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring