Ayrim profilaktika inspektorlariga 5 mln soʻmgacha ustama beriladi
Foto: IIV Akademiyasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida kadrlar qoʻnimsizligiga barham berish, malakali va fidoyi kadrlarni ragʻbatlantirish doimiy eʼtiborda boʻlishi taʼkidlandi.
Ichki ishlar vazirligi milliardlab pullarni faqat qurilish va texnika uchun soʻrayotgani, lekin pastdagi xodimlarni dardini koʻtarib chiqmayotgani qayd etildi.
Yuzdan ortiq profilaktika inspektorlari bilan suhbatlar oʻtkazilganda ularning moddiy va ijtimoiy muammolari toʻplanib qolgani maʼlum boʻldi.
Shu bois, profilaktika inspektorlarini yanada qoʻllab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi obroʻsini oshirish boʻyicha qator yangiliklar eʼlon qilindi.
Jumladan, joriy yil 1-iyuldan poytaxtdagi profilaktika xodimlariga aynan shu sohada koʻp yillik staji uchun 5 million soʻmgacha oylik ustama beriladi.
Shu yil 1-fevraldan yuridik oliygohni bitirib, ichki ishlar tizimiga ishga kirganlarga oliygohda oʻqigan davri ham stajga qoʻshiladi.
Viloyatdan kelib, poytaxt ichki ishlar idoralarida ishlayotgan xodimlarning uy ijarasiga oylik toʻlov 1,8 million soʻmdan 3,1 million soʻmga oshiriladi.
Shuningdek, 1-fevraldan ichki ishlar xodimlari uchun qurilayotgan uylarning 30 foizi faqat profilaktika inspektorlariga beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring