Ayrim klasterlarga berilgan imtiyozli kreditlar muddati uzaytirildi
Xabar berganimizdek, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda paxta-toʻqimachilik klasterlarining moliyaviy barqarorligi bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Ularga berilgan imtiyozli kredit muddati 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirilishi belgilandi.
Oʻtgan yili paxta yetishtirish uchun olingan kreditni muddatida toʻliq qaytargan klasterlarga imtiyozli kreditning 8 foizi qaytariladi.
Bu yil paxta xaridi uchun imtiyozli kredit klasterlarning ip-yigiruv korxonalariga beriladi.
Klasterlar sotib olingan paxta tozalash zavodi qiymatining kamida 35 foizini toʻlasa, bu mulkni garovga qoʻyishga ruxsat beriladi.
Mutasaddilarga chuqur tahlil qilib, iqtisodiy samarasiz, moliyaviy majburiyati yuqori boʻlgan klasterlar maqomini qayta koʻrib chiqish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Qayd etilishicha, yil boshidan qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishni moliyalashtirishga 1 trillion 115 milliard soʻm yoʻnaltirildi.
Bu oʻz samarasini berib, korxonalar toʻliq quvvatda ishlashni boshladi. Hududlarga 5 ming 781 ta texnika yetkazib berildi.
Hokimlarga unumdorlikni oshirish uchun paxta, meva-sabzavotchilikda mexanizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish topshirildi.
Buning uchun yil oxirigacha fermer va dehqonlarni yana 6,5 mingta texnika bilan taʼminlash muhimligi qayd etildi.
Yigʻilishda komplekslar rahbarlari, vazirlar va hokimlarning hisobotlari va rejalari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring