Ayrim fuqarolar uy olishda davlat bojidan ozod qilinadi

02:04 26 Iyun 2024 Siyosat
394 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasi yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan turar-joy bilan taʼminlashda mazkur koʻchmas mulklarni ularning nomiga rasmiylashtirish boʻyicha notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonida davlat bojini toʻlashdan ozod qilishni nazarda tutadi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, amaldagi qonunga koʻra, uy-joylar Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, agar boshqa aholi punktlarida joylashgan boʻlsa bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlanishi belgilangan edi.

«Shu munosabat bilan, qonun loyihasining notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etish toʻgʻrisidagi 11-moddasi «yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar – ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylar ularning nomiga rasmiylashtirib berilganligi uchun», degan qoʻshimcha band bilan toʻldirilmoqda», deyiladi Qonunchilik palatasi xabarida.

Avvalroq ota-onalarning bolalarini qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olish jarayoniga jalb qilganligi uchun jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?