Ayblanuvchi sud zalida otib ketildi – Shri-Lanka
Shri-Lanka poytaxti Kolombodagi sud zallarining birida advokat qiyofasida kelgan shaxs sudlanayotgan mahbusni otib oʻldirdi, deb xabar bermoqda “BBC” nashri.
Unga koʻra, 19-fevral kuni advokat qiyofasidagi qurollangan shaxs sud zali qorovullari hamda bir nafar politsiya xodimi yordamida binoga kirib borgan va kitob orasida yashirilgan toʻpponcha bilan bir qancha qotillikda gumonlanib sudlanayotgan shaxs Sanjiv Kumarani otib oʻldirgan.
“Ushbu qotillik bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etildi. Bu xunrezlik ular amalga oshirgan koʻplab qotilliklardan biri xolos. Biz ularni topamiz, mamlakatda jinoiy toʻdalar tashkil etilishiga yoʻl qoʻymaymiz”, — deydi Shri-Lanka hukumati rasmiylari.
Politsiyaning qoʻshimcha qilishicha, oʻldirilgan shaxs 2023-yilning sentyabr oyidan beri turli qotilliklarda gumonlanib hibsda saqlab kelinayotgan edi. U navbatdagi sud jarayonida 25 yoshli Pinpura Devage ismli ayol tomonidan otib oʻldirilganligi aniqlangan.
“Qurollangan shaxs qotillik sodir etib, voqea joyidan qochishga muvaffaq boʻldi, biroq koʻp oʻtmay politsiya tomonidan qoʻlga olindi. Unga yordam berganlar ham ushlangan. Ularning shaxsi aniqlanib hozirda tergov harakatlari boshlab yuborilgan”, — deyiladi rasmiylar bayonotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring