“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

“Air India” fojiasida birgina yoʻlovchi yengil jarohatlar bilan omon qoldi. Bu haqda «BILD» nashri xabar qildi.
Ushbu hafta Hindistonda “Boeing 787-8 Dreamliner” samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.
Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.
U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulodda chiqish joylarida joylashgan 11a va 11j oʻrindiqlarini egallashgan.
Samolyot dumining bir qismi qulash vaqtida binoga tiqilib qolgan. Vishvashkumar oʻtirgan 11a oʻrindigʻi vayronalardan bir necha metr pastga qulab tushgan.
Hindiston telekanallaridan olingan kadrlarda uning tez yordam mashinasiga oʻzi ketayotgani aks etgan. Britaniyaning “The Sun” gazetasi yozishicha, u uyiga qoʻngʻiroq qilgan va samolyotdan qanday chiqqanini bilmasligini aytgan.
“Mening birodarlarimdan biri omon qolgani moʻjizadir. Biz ishonolmadik. Ajaykumar ham tirik deb umid qilgandik. Falokatdan keyin qoʻngʻiroq qilganimizda uning telefoni jiringlayotgan edi”, degan Vishvashkumarning ukasi Nayankumar Ramesh.
“Air India” aviakompaniyasi keyinchalik bortdagi 242 kishidan 241 kishining barchasi vafot etganini tasdiqladi.
“Men hali ham tirik qolganimga ishonmayman. Men ham oʻlishimga amin edim, ammo koʻzlarimni ochganimda tirikligimni tushundim. Atrofimda jasadlar bor edi, qoʻrqib oʻrnimdan turdim va yugurdim. Kimdir meni ushlab, tez yordam mashinasiga yoʻnaltirib, kasalxonaga olib ketdi”, — degan Vishvashkumar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring