Aholining tinchligini taʼminlash mahalladan boshlanishi kerak — Prezident
“Aslida ham, aholining tinchligini taʼminlash mahalladan boshlanishi kerak.
Lekin mahallada jinoyatchilikni jilovlash ahvolidan xalqimiz qanchalik rozi?», — deya savol qoʻydi Prezident.
Misol uchun, oʻtgan olti oyda mahallalarda barvaqt oldini olish mumkin boʻlgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qotillik va tan jarohati bilan bogʻliq jinoyatlarning 50 foizi oilaviy-maishiy nizolar va muntazam janjallar oqibatida, oʻgʻrilikning 70 foizi ishsizlik va moddiy yetishmovchilik sabab, yoshlar va oʻsmirlar jinoyatlari, asosan, oiladagi muhit va huquqiy savodxonlik yetishmasligi tufayli sodir boʻlmoqda.
Shuningdek, ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatchilikni oldini olishda jilovni qoʻyib yuborgan.
“Ular orasida shaxsiy manfaatlarini kasbiy majburiyatlaridan ustun koʻrayotgan, huquq-tartibot idoralarida ishlashga nomunosib boʻlgan bir qator rahbarlar ham bor”, — dedi davlatimiz rahbari.
Yigʻilishda mamlakatimiz boʻyicha kriminogen vaziyat murakkab boʻlgan, “qizil” toifaga kiritilgan mahallalar eng koʻp Toshkent shahri, Fargʻona, Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlariga toʻgʻri kelgani koʻrsatib oʻtildi.
Oʻtgan olti oyda mahalladagi oʻta ogʻir va ogʻir jinoyatlar Fargʻona, Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo viloyatlarida eng koʻp sodir etilgan.
Fargʻona shahrida oʻgʻrilik, Namangan shahrida bezorilik, Qoʻqon shahrida tan jarohati, Samarqand shahrida nomusga tegish va tovlamachilik, Mirobod tumanida qotillik koʻp yuz bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring