Aholi murojaatlari ijobiy yechim topmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Shu kunlarda Andijon viloyatida respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda. Ular tomonidan tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon — obod koʻcha — obod mahalla” mezoni doirasidagi saʼy-harakatlarni shakllantirish, kambagʻallikni qisqartirish, aholi murojaatlarini oʻrganish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, islohotlar samaradorligini oshirishga koʻmaklashilmoqda.
Baliqchi tumanidagi “Ilgʻor” mahallasida yashovchi fuqarolarning elektr energiyasi taʼminotiga doir murojaatlari oʻrganilib, shu kunning oʻzida ijobiy hal etildi. Natijada mahalladagi qoʻlbola simyogʻochlar 26 ta temir beton tayanchlarga almashtirildi.
Ishchi guruhi aʼzolari Buloqboshi tumanidagi “Barlos” MFYda ham boʻldi. Ushbu manzildagi 2025-yilga kiritilgan elektr tarmoqlarini taʼmirlash, yangi transformator punktini oʻrnatish, 3,6 kilometr masofadagi ichki yoʻlni taʼmirlash dasturi, 8-umumtaʼlim maktabida kuz-qish mavsumi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Oʻrganish davomida mavjud kamchiliklar bartaraf etilib, zarur vazifalar yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Fuqarolar murojaatlarini tinglash orqali hududlardagi muammolarning ijobiy yechimini taʼminlashda joylarda boʻlib oʻtayotgan sayyor qabullarning ahamiyati katta boʻlyapti. Marhamat tumanida oʻtkazilgan tadbirda Buloqboshi, Marhamat va Asaka tumanida istiqomat qiluvchi aholining ham murojaatlariga yechim izlandi.
— Foydalanilgan ichimlik suvi boʻyicha toʻlovni hisob-kitob qilishda ayrim muammolar vujudga kelgandi, — deydi Marhamat tumanidagi “Shoʻrpaqir” koʻchasida yashovchi mehnat faxriysi Qosimjon Abdusattorov. —Sayyor qabulda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ vakillari murojaatimizni tinglab, shu joyning oʻzida ijobiy hal qilib berdi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring