Aholi 10 oyda 10 mlrd. soʻmdan ziyod elektr tokini sotdi

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 6 536 nafar quyosh panellari oʻrnatgan fuqaroga subsidiya toʻlab berilgan. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Elektr tarmoqlariga oʻtkazilgan 10,56 mln kVt/soat quyosh energiyasi uchun ajratilgan toʻlovlar miqdori 10,56 mlrd soʻmni tashkil etdi. Shundan 5,75 mlrd soʻmi avgust-oktyabr oylariga toʻgʻri keladi.
Subsidiyaning eng katta qismi Xorazm viloyatiga toʻgʻri keladi — 2,4 mlrd soʻm. Undan keyingi oʻrinlarda 1,7 mlrd soʻm bilan Qoraqalpogʻiston hamda 1,4 mlrd soʻm bilan Toshkent shahri turibdi.
Quyosh panellarini oʻrnatib, elektr energiyasi ishlab chiqargan fuqarolar subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek va imtiyozlar” xizmatining “Quyoshli xonadon” boʻlimidagi “Kartaga pul oʻtkazish” oynasi orqali bank kartasiga oʻtkazib olish mumkin.
Taʼkidlash joiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 soʻmdan subsidiya olishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring