Agar gapim notoʻgʻri boʻlsa, qani ertagayoq xalqni norozi qilgan ish— avtomobil narxlarini tushiring — Kusherbayev javob qaytardi
Men «Oʻzavtosanoat» va «Oʻzavtomotors» boshqa-boshqa tashkilot, deb hisoblardim. Biroq «Oʻzavtomotors»ning mendan ranjib qilgan munosabatidan «Oʻzavtomotors» kompaniyasi Oʻzbekiston avtomobil bozoridagi barcha ishtirokchilarga teng imkoniyat va sharoitlar yaratib berishi kerak boʻlgan «Oʻzavtosanoat»ni oʻziga tegishli tuzilma, deb hisoblashi koʻrinyapti. Bu “monopoliya kasalligi”ning asorati boʻlsa kerak. Boʻlmasam, kompaniya «Oʻzavtosanoat»ni ishlarini oʻziga yopishtirib olishdan sal uyalgan boʻlardi. Yo rostdanam «Oʻzavtosanoat» va «Oʻzavtomotors» nomi har xil, oʻzi bitta tashkilotmi? Tushunarsiz.
Men kechagi fikrimda uchta faktni keltirganman. Bular:
- «Oʻzavtomotors»ning oshirilgan, yaʼni shu yil mart oyida butun xalqni norozi qilib koʻtarib olgan narxda hatto “tez yordam” uchun ham «Damas» avtomobillarini sotayotganligi;
- Rossiyaning Ufa kabi shahrida koʻp miqdordagi avtomobillar ochiq osmon ostida tashlandiq turib qolsa ham Oʻzbekiston xalqi oʻzimizda qimmat, “defektli” va qiyin shartlarda avtomobillar sotib olishga majbur boʻlayotganligi;
- «Oʻzavtomotors»ni xalqqa tanlov imkoniyatini bermaydigan monopolist boʻlib yashab kelayotganligi.
«Oʻzavtomotors», ayting-chi, bularning qaysi biri yolgʻon?
Deputat qanday boʻlishi kerakligi haqida oʻzingiz tushunmaydigan gaplar bilan hammani chalgʻitib, qonunlarni oʻzgartirish deputatlarni qoʻlida-ku, deb oʻzingizni oqlamoqchi boʻlibsiz. Asosiy eʼtiroz — Sizning monopolist boʻla turib, xalq fikri bilan hisoblashmasligingizda.
Endi agar kompaniyada yuristlar boʻlsa, yaxshilab qonunchilikni oʻqisin: sizga monopol huquqni parlament bermagan, siz Prezident va hukumat qarorlari bilan bu imtiyozlarga ega boʻlgansiz va shular ortida “berkinmachoq” oʻynayapsiz. Bu yerga “homiylik ishi” deb boshqa ishlarni tiqishtirib gapni olib qochmang. Agarki vaqti kelib parlamentga sizni vakolatlaringizni qonun bilan tartibga solishning imkoniyati berilsa xalq vakillari xalq fikridan kelib chiqib, qaror qiladi. Bunga shubha qilmang!
Lekin hozir sizga xalq fikri qiziqmas. Agar qiziq boʻlganida mart oyida qilgan ishingiz — monopol boʻla turib butun xalqni norozi qilib avtomobil narxlarini bunchalik oshirmasdingiz, “tez yordam” uchun «Damas»laringizni oshirilgan narxda xalqingizga sotmasdingiz.
Sizga homiylik qilmading, deb boshqa ishlarni soʻramadik. Kim qoʻlidan nima kelsa qilyapti, siz esa qurbingiz yetadigan joyida qattiqlik qilyapsiz.
Meni populist, noprofessional, yolgʻonchi, koʻr, kar, goʻl deysizmi yoki kimlargadir shikoyat qilasizmi farqi yoʻq. Men Siz haqingizda koʻpchilikka maʼlum haqiqatni aytaveraman: Siz ichkarida baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz. Toʻgʻri bu gaplar ogʻir, lekin haqiqat shu.
Agar gapim notoʻgʻri boʻlsa, qani ertagayoq xalqni norozi qilgan ish— avtomobil narxlarini tushiring, sotilmay chiriyotgan avtomobillarni yanayam arzon qilib soting, hech boʻlmasa “tez yordam” uchun «Damas»laringizni arzonlating, men yolgʻonchi boʻlay, roziman.
Menga saylovchilar bilan qanday ishlashni oʻrgatish esa Sizgamas. Har qalay Sizdan farqli ravishda men imkoniyatim boricha ularni rozi qilishga harakat qilaman, ogʻir kunida foyda qilishni oʻylamayman.
Soʻnggida maslahatim: achchiq boʻlsa ham faktni fakt bilan yengadi oldi-qochdi, jahl gaplar bilan emas. Buni piarchilaringizga ham tushuntiring!
Rasul Kusherbayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring