Afgʻonistonda zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni 600 nafardan oshdi
Afgʻonistonning sharqiy Kunar va Nangarhor viloyatlarida kecha tunda yuz bergan zilzila oqibatida kamida 622 kishi halok boʻldi, 1500 dan ortiq odam yaralandi. Bu haqda “Tolibon” hukumati Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Rasmiylarga koʻra, Kunarda 610, Nangarhorda esa 12 kishi halok boʻlgan. Zilzila Kunarning uchta qishlogʻini butunlay vayron qilgan, yana koʻplab hududlarda katta vayrongarchiliklarga sobab boʻlgan.
Hozirga qadar Nangarhor aeroportidan Kunar viloyatiga 35 ta parvoz amalga oshirilgan va 335 nafar jarohatlangan Nangarhor mintaqaviy shifoxonasiga yetkazilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari ishlari davom ettirilmoqda. “Tolibon” Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Maten Qaniyening maʼlum qilishicha, hozirda jarayonlarni tezlashtirish uchun tegishli qutqaruv guruhlari safarbar etilgan.

Aytish joiz, mintaqada soʻnggi yillarda toʻsatdan sodir boʻluvchi tabiiy ofatlar yuzlab insonlarni halok qilmoqda. Jumladan, 2022-yilning iyunidagi 6,1 magnitudali zilzilada ham kamida 1 ming kishi halok boʻlgan edi. Shuningdek, 2023-yil 7-oktyabrda yuz bergan 6,3 magnitudali zilzila oqibatida kamida 4 ming kishi halok boʻlgan. Biroq BMT maʼlumotiga koʻra, bu raqamlar 1,5 ming kishini tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring