Afgʻonistonda internet aloqasi qisman tiklandi
Afgʻoniston hududida internet tarmogʻi qisman tiklandi. Bu haqda xalqaro internet monitoringi xizmati NetBlocks xabar berdi.
“Operativ tarmoq maʼlumotlari Afgʻonistonda internetga ulanish qisman tiklanganini koʻrsatmoqda”, — deyiladi tashkilot maʼlumotida.
Avvalroq mamlakatning barcha hududlarida internet aloqasi uzilib qolgani xabar qilingan edi. Afgʻoniston OAV maʼlumotiga koʻra, “Tolibon” harakati ayrim mintaqalarda kabelli internetdan foydalanishni “behayolikning oldini olish” maqsadida taqiqlagani aytilgan.
Biroq “Tolibon” harakati mazkur ayblovlarni rad etdi. Ular internetdagi uzilishlar mamlakatdagi eski optik tolali kabellardan foydalanilayotgani va ularni yangilash zarurligi bilan bogʻliqligini bildirishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring