Afgʻoniston prezidenti Amrulla Solih kuchlari “Tolibon”ga qarshi jang boshlagan. Qoʻshinga general Abdul-Rashid Doʻstum boshchilik qilmoqda
Foto: AP
Afgʻoniston vitse-prezidenti Amrulla Solih (oldinroq u oʻzini mamlakat prezidenti deb eʼlon qilgan edi) kuchlari “Tolibon”ga qarshi jangga kirishgan.
“RIA Novosti”ning Afgʻoniston poytaxtidagi harbiy manbaga tayanib xabar berishicha, Amrulla Solih kuchlari Kobul shimolidagi Parvon viloyati Choriqar tumanini “Tolibon”dan qaytarib olgan.
“Hozir janglar Panjshir viloyatida davom etmoqda”, deyiladi manbada.
Ayni paytda general Abdul-Rashid Doʻstum boshchiligidagi Afgʻoniston armiyasining 10 ming shaxsiy tarkibi mintaqaga yuborilmoqda.
Choriqarda strategik ahamiyatga ega yoʻl Salang tunneli joylashgan. U Kobulni Afgʻoniston shimolidagi eng yirik shahar Mozori Sharif bilan bogʻlaydi.
Solih Afgʻonistonni tashlab qochgan prezident Ashraf Gʻanidan farqli oʻlaroq mamlakatda qolgan. Avvalroq, u Afgʻoniston Konstitutsiyasiga koʻra oʻzini vaqtinchalik davlat rahbari deb eʼlon qilgan edi.
15-avgustda “Tolibon” harakati Afgʻonistonning butun hududiga nazorat oʻrnatganini eʼlon qildi. Uning vakillari Kobuldagi davlat televideniyasini oʻz qoʻliga oldi va murojaat bilan chiqib, fuqarolarni tinchlikni saqlashga chaqirdi.
“Tolibon” Kobulga kirib kelishi bilan ming-minglab mahalliy aholi vakillari mamlakatni tark etish ilinjida aeroportga toʻplandi. Hatto, ayrim fuqarolar uchib ketayotgan samolyot qanotlariga ham chiqib oldi. Natijada maʼlum vaqt davomida aeroportda ish toʻxtab qoldi. Aeroport hududida tartibni saqlash uchun oʻq otar qurollardan ham foydalanilgan.
Germaniya prezidenti ushbu voqealarni Gʻarb uchun sharmandali deya aytib oʻtdi.
Oldinroq, “Tolibon” tinch aholidan qurollarni tortib olishni boshlagani va Afgʻoniston maxsus kuchlari tarqatib yuborilgani haqida xabar bergan edik.
Biroz oldin Yevropa Ittifoqi “Tolibon” harakatining Afgʻonistondagi urushda gʻalabasini tan olgani, ammo ayni paytda YEI Afgʻonistondagi yangi hukumatni tan olmasligi haqida xabar tarqalgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring