Afg’oniston bo’yicha yangi deklaratsiya loyihasi 25 mart kunigacha tayyorlanadi
Afg’onistondagi qarama-qarshiliklarni tinch yo’l bilan tartibga soluvchi yagona hujjat hozircha 1999 yil qabul qilingan Toshkent deklaratsiya bo’lib turibdi.
Mazkur deklaratsiya poytaxtimizda “6Q2” formatida o’tkazilgan uchrashuv yakunida imzolangandi. Ushbu hujjat rasmiy maqomga ega hisoblanib, uni Afg’onistondagi ichki kuchlar qabul qilgan va uning shartlariga rozi bo’lgan hamda BMT tomonidan ma’qullangan. Bu haqida Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov aytib o’tdi.
Kelgusi hafta bo’lib o’tadigan xalqaro konferentsiya yakunlari bo’yicha deklaratsiya loyihasi 25 martga qadar tayyorlanadi.
V.Norovning qayd etishicha, Afg’oniston o’z tarixida keskinlikning uch bosqichini boshidan o’tkazgan.
Birinchi bosqich sovet qo’shini kontingentini olib chiqib ketilishi bilan bog’liq. Ikkinchisi “Tolibon” harakatining paydo bo’lishi va hokimiyatni egallashiga borib taqaladi. Uchinchisi 2001 yilda AQShning Nyu-York va Vashington shaharlarida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlaridan so’ng boshlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring