Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

11:53 18 Oktyabr 2023 Jamiyat
278 0

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Mirjon Zamirovich Isayev tayinlandi.

Mirjon Isayev 1983-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2003-yil Toshkent davlat yuridik universitetini bakalavr yoʻnalishini, 2013-yilda mazkur univetsitetning magistratura bosqichini tamomlagan, huquqshunos.

U oʻz mehnat faoliyatini 2003-yilda Adliya vazirligining iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida katta maslahatchi lavozimidan boshlagan.

Shu kunga qadar adliya va sud organlari tizimida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?