Adliya vaziri Qashqadaryo viloyatida qurilayotgan adliya binolari bilan tanishdi

16:55 24 Iyul 2023 Jamiyat
384 0

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qashqadaryo viloyatiga boʻlgan xizmat safari davomida 2023–2024-yillar oʻquv yiliga moʻljallangan Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumini yangi binosini koʻzdan kechirdilar. Hozirgi kunda ichki va tashqi fasadlari taʼmirlanayotgan texnikum binosi 750 oʻringa moʻljallangan boʻlib asosiy bino va 2 ta oʻquv binosidan iborat. Shuningdek vazir texnikum binosining zamonaviy va sifatli boʻlishi yuzasidan tavsiyalar berdi.

Tashrif davomida adliya vaziri Akbar Toshqulov Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimi binosini ham koʻzdan kechirdilar. U yerda olib borilayotgan ishlar va ekspertizada foydalaniladigan hujjatlar bilan tanishdi.

Shu kuni vazir Qashqadaryo viloyat davlat arxiviga ham boʻldi. Viloyat arxivida hujjatlar saqlanishi, elektronlashtirish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida tavsiyalar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?