Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Birlashgan Arab Amirliklari adliya vaziri oʻrinbosari bilan uchrashdi

19:27 08 Dekabr 2023 Siyosat
166 0

Joriy yilning 7-dekabr kuni Abu-Dabi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining adliya vaziri oʻrinbosari Abdul Rahman Al Blushi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasida “Qonunchilik va normativ-xuqiqiy bazani shakllantirishda yashil oʻsish tamoyillarini tadbiq etish” mavzusi bilan ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan ikki davlat oʻrtasida adliya va xuquq sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xususan inson xuquqlarini taʼminlash, qonun ustuvorligi, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, mediatsiya sohalarida BAA bilan samarali va natijaga qaratilgan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tashrif doirasida BAA Adliya vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, normativ-xuquqiy xujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida hamda notariat va boshqa tegishli sohalarda sunʼiy intellekt va raqamlashtirishni joriy etish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tomonlar fuqarolarga xuquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha davlatlararo bitim loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar va uning imzolanishini tezlashtirishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan ikki davlat adliya organlari oʻrtasida huquq va adliya sohasida hamkorlik yuzasidan memorandum imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер