Adliya pedagoglarga yana yordam berdi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navbahor tumanida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining direktor oʻrinbosarlari ularga ragʻbatlantirish pullari toʻlab berilmayotganligi yuzasidan tuman adliya boʻlimiga murojaat qilishdi.
Ushbu murojaatni oʻrganish davomida tumanda 2021-2022-oʻquv yilida erishilgan yutuqlariga asosan, maktablarning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida natijalarga asosan belgilangan toʻlovlar toʻlab berilmaganligi oqibatida Navbahor tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimida 125 million soʻm qarzdorlik aniqlandi.
— Respublikamiz Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish koʻrsatkichlari asosida direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan umumtaʼlim muassasalari rahbar xodimlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida ragʻbatlantirilishi belgilangan, — deydi Navbahor tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi Sh.Sayfudinov. — Shu asosda tuman adliya boʻlimi tomonidan 24 nafar pedagogning manfaatini koʻzlab, fuqarolik ishlari boʻyicha Navbahor tumanlararo sudiga daʼvo tartibida ariza kiritdi. Sudning tegishli hal qiluv qarori bilan 24 nafar fuqaroning murojaatlari toʻliq qanoatlantirildi.
Adolat qaror topdi. Biroq bir savol qiynaydi. Nega adliya aralashgachgina qariyb toʻrt yil avvalgi qarz toʻlandi? Buning ortida mutasaddilarning mabodo xato qilgan boʻlsak, adliya va sud javob beradi, degan masʼuliyatdan qochish zohir emasmikin? Har holda oʻsha davrdagi ragʻbat pullari bilan hozir toʻlanganining qurbida anchagina farq bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring