Adham Ikromov yoshlarni sportga jalb etishdagi Hindiston tajribasi bilan tanishmoqda

19:13 28 Yanvar 2023 Sport
1359 0

Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov shu kunlarda Hindistonda xizmat safarida boʻlib turibdi. Unda vazir mamlakat sport tizimi, chekka hududlarda yoshlarni sportga jalb qilish tajribasini oʻrganish doirasida Uttar-Pradesh shtatining Merut shahriga tashrif buyurdi. 

Safar davomida Adham Ikromovga Oʻzbekistonning Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahadov hamrohlik qilmoqda.

Kriket Hindistonda eng ommabop sport turi hisoblanadi. Chim ustida xokkey, kabbadi, sportning yakkakurash, oʻq otish turlari ham keng tarqalgan yoʻnalishlar qatoriga kiradi. 

Vazir tashrif davomida mahalliy ishbilarmon Ajay Gupta asos solgan “Gurukul” sport akademiyasi hamda “Godwin Public School” maktablarining faoliyati bilan tanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?