Adabiyot bayrami — yorqin taassurotlar tuhfasi
Foto: Халқ сўзи
Soʻlim Fargʻona viloyatida oʻtgan hafta boʻlib oʻtgan “Adabiyot kunlari” koʻpchilikning yodida yorqin taassurotlar qoldirib, soʻz sehrining qudrati barchani yana bir bor badiyatga maftun etgani shubhasiz.
Fargʻona shahridagi muhtasham teatr-konsert saroyida Adabiyot bayrami yakuniga bagʻishlangan badiiy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
— Aslida bu kabi Adabiyot bayramini yilda bir marotaba emas, har chorakda oʻtkazib turish zarur, — dedi tantanali tadbirda qatnashgan Fargʻona viloyati hokimi X. Bozorov. — Adabiyotimiz vakillari bilan bunday uchrashuvlarni shahar-tumanlar markazlari, olis hududlarda ham tashkil etish lozim. Bu borada viloyatda muntazam ravishda adabiy tadbirlar, forumlar tashkil etish rejasi ishlab chiqilayotganini taʼkidlab oʻtish oʻrinlidir.
Nazm va navo kechasida mumtoz adabiyotimiz namoyandalarining goʻzal baytlari, ardoqli ijodkorlarimiz Erkin Vohidov, Anvar Obidjonning umrboqiy sheʼrlari yangradi. Sanʼatkorlarimiz ijrosida sevimli shoirlar qalamiga bastalangan tanish, qadrdon ohanglar jarang sochdi.
Bayram tadbirida bir guruh ijodkorlar va ularning oila aʼzolariga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring