Abonent roziligisiz dastlab bepul boʻlgan xizmatlarni pullik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi
Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini yangi tahririni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Unga koʻra, abonent – jismoniy shaxsdan tarif rejasi boʻyicha abonent toʻlovi va xizmat uchun mablagʻ yechishda hisobni salbiy holatga (qarzdorlik holatiga) keltirish taqiqlanadi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, abonentlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining ishonch telefonlariga kecha-kunduz bepul qoʻngʻiroq qilishlari mumkinligi belgilangan.
Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini koʻchirish endilikda xizmat koʻrsatish punktlarida 8 ish soatida emas, balki 20 daqiqa ichida amalga oshiriladi.
Shuningdek, mobil aloqa abonentlariga pullik qoʻshimcha xizmatlarga obuna boʻlish boʻyicha kontent xizmatlari koʻrsatishning quyidagi yangi tartibi belgilandi:
- xizmatlarni aktivatsiya qilish operatorlarning mobil ilovalari yoki USSD kodlar orqali amalga oshiriladi;
- abonentlarning rozilik tasdigʻini olmasdan xizmatlarni avtomatik ulashga yoki dastlab bepul boʻlgan xizmatlarni pullik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi;
- kontent provayderlari tomonidan abonentlarga taqdim etiladigan barcha pullik xizmatlar dastlab nofaol holatda boʻlishi kerak.
Mazkur hujjat rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring