Abituriyentlar diqqatiga! Ertadan kirish imtihonlari boshlanadi, nimalarni bilish muhim?

16:14 13 Iyul 2025 Jamiyat
239 0

Ertaga 14-iyul sanasidan boshlab kirish imtihonlari boshlanadi. “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali bu borada Abituriyentlarga muhim tavsiyalar berdi.

Abituriyentlar kirish imtihonlariga soat nechada borish kerak?

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Bundan kelib chiqadiki, ertalabki smenada imtihon topshiradiganlar soat 06:30 da, 2-smenadagilar esa 13:30 da test oʻtkaziladigan hududda boʻlishlari lozim.

Abituriyentlar oʻzlari bilan pasport, ID-kartaning asl nusxasi hamda abituriyent ruxsatnomasini olib kelishlari shart.

Maʼlumot uchun, test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatʼiyan taqiqlangan.

Test sinovi hududiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, abituriyent ruxsatnomasi, oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas), optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas), pul, dastroʻmol, kalit hamda sogʻlik uchun zarur boʻlgan dorilarni olib kirishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер