Abduqodir Husanovning transfer narxi keskin oshdi
Germaniyaning Transfermarkt portali Fransiya chempionatida faoliyat yuritayotgan futbolchilarning transfer bahosini yangiladi.
Abduqodir Husanovning transfer bahosi 5 million yevrodan 12 million yevroga koʻtarilgan. Oʻzbekistonlik 20 yoshli himoyachining transfer qiymati 7 mln yevroga oshib, u bu borada “Lans”ning narxi eng koʻp oshgan oʻyinchisi boʻldi.
Shu tariqa, Husanov Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodovni ortda qoldirib, Oʻzbekistonning eng qimmat oʻyinchisiga aylandi.
“SSKA” klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev 6 million yevro narx bilan ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori va “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov 5 million yevro bilan kuchli uchlikdan oʻrin olgan.
Maʼlumot uchun, Abduqodir Husanovga berilgan qiymat Oʻzbekiston futbolchilari orasidagi ikkinchi natija hisoblanadi. Avvalroq “Roma” klubiga oʻtgan Eldor Shomurodov portal tomonidan 14 million yevroga baholangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring