Abdumalik Halakovga qarshi Olimpiada finalida oʻzbekistonlik murabbiy qirgʻizistonlik Munarbek Seyitbek oʻgʻliga sekundantlik qilmaydi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
-57 kg vazn toifasida qatnashayotgan bokschimiz Abdumalik Halakov Parij Olimpiadasi finalida Qirgʻiziston vakili Munarbek Seyitbek oʻgʻliga qarshi jang qiladi.
Gap shundaki, Munarbekka chorak va yarim finalda sekundant murabbiy boʻlib bergan Akmal Hasanov finalda qoʻshni mamlakat vakili bilan birga chiqmaydi. Bu haqda Parijda boʻlib turgan “Olamsport.com” sayti muharriri Aziz Toʻxtamurodov shaxsan soʻraganini maʼlum qildi.
“Qirgʻizistonlik bokschiga hamyurtimiz Akmal Hasanov sekundantlik qilayotganidan xabaringiz boʻlsa kerak. Murabbiydan «finalda ham Munarbekka sekundant boʻlasizmi?” deb soʻradim. Javob esa quyidagicha boʻldi: “Yoʻq, Allohga shukr, finalga chiqdi. Buyogʻiga endi kuchlisi yutsin”», deb yozdi Toʻxtamurodov.
Qayd etish kerakki, Akmal Hasanov Munarbekka bergan yordami uchun Qirgʻiz Respublikasining xalqaro jamoat birlashmasi tomonidan “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlangandi. Qirgʻizistonlik bokschi mamlakati tarixidagi boksdan medal oladigan yagona sportchidir.
Final 10-avgustdan 11-avgustga oʻtar kechasi soat 00:45 da boshlanadi.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring