A seriyada “Napoli” yetakchilikni qoʻldan chiqardi

11:19 15 Dekabr 2025 Sport
229 0

Kecha, Italiya A seriyasida 15-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda musobaqaning amaldagi chempioni va shu kungacha yangi mavsumda ham peshqadam boʻlib kelgan “Napoli” klubi safarda “Udineze” jamoasi mehmoni boʻldi.

Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida gʻalabaga erishdi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga “Udineze”ning 25 yoshli niderlandiyalik yarim himoyachisi Yurgen Ekkelenkamp mualliflik qildi.

Shu tariqa muhim oʻyinda magʻlubiyatga uchragan “Napoli” jamoasi turnir jadvalida 1-oʻrindan 3-oʻringa tushib ketdi. Oʻyinda gʻalaba qozongan “Udineze” klubi esa A seriya jadvalida 10-oʻringa koʻtarilib oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?