94 yoshli qirolicha va uning 99 yoshli turmush oʻrtogʻi virusga qarshi emlandi

14:47 10 Yanvar 2021 Dunyo
950 0

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II  va uning turmush oʻrtogʻi gersog Edinburgskiy koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 94 yoshli taxt egasi va 99 yoshli shahzoda Filipp Vinzdor qasrida vaksina olgan. Bu ish ularning shaxsiy shifokori tomonidan bajarilgan.

Oʻtgan yil dekabr oyida Buyuk Britaniya hukumati mamlakatda AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech vaksinalaridan foydalanishga ruxsat bergandi. Ushbu qaror dori vositalari uch bosqichli klinik sinovlar davomida 95 foiz samaradorlik koʻrsatganidan soʻng qabul qilingandi. 

8-dekabrdan mamlakatda ommaviy emlash boshlandi. 2021-yil 4-yanvardan esa qoʻllanilayotgan vaksinalar qatoriga Oksford universiteti olimlari va AstraZeneca Angliya-Shvetsiya qoʻshma kompaniyasi tomonidan yaratilgan malham ham qoʻshildi.

Ammo qirolicha ushbu vaksinalardan aynan qaysi biridan foydalangani oshkor etilmagan.   

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?