9-12-avgust kunlari Oʻzbekistonda Davlat mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi boʻlib oʻtadi

10:58 09 Avgust 2022 Siyosat
538 0

Foto: Illustrativ foto

Joriy yilning 9-avgust kuni Oʻzbekistonda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi koʻmagida tashkil etilgan Davlat mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi ish boshlaydi.

MDH Ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, forumning asosiy vazifalaridan biri Markaziy Osiyo mintaqasi va Rossiyada mehnat sohasida davlat nazorati siyosatini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, mehnat inspektorlarining trening va tajriba almashish vositasida bilim darajasini, samaradorligi va natijadorligini oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashdan iboratdir.

9-12-avgust kunlari ishtirokchi mamlakatlarning davlat mehnat inspeksiyalari vakillari Xalqaro mehnat tashkilotining asosiy tamoyillari, migratsiya qonunchiligi, travmatizm konsepsiyasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish, qishloq xoʻjaligi sohasidagi mehnat qonunchiligi bilan bogʻliq masalalarni muhokama qiladilar. Shuningdek, davlat mehnat inspektorining shaxsiy va kasbiy ravnaqiga, hissiy holatni boshqarish koʻnikmalariga va boshqa mavzularni qamrab olgan treninglar oʻtkaziladi.

Tadbir natijalari boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash va mehnat huquqlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan, mamlakatimiz Mehnat inspeksiyasining huquqiy va tashkiliy salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha yagona yondashuvlar ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga, forum fuqarolarning mehnat huquqlari va ish beruvchilar manfaatlarini himoya qilish sohasidagi eng dolzarb muammolarni hal qilish jarayonida faol ishtirok etayotgan yosh mehnat inspektorlari jamoasini shakllantirish, shuningdek, ishchilarning xavfsizligini, ularning sogʻligʻi va farovonligini taʼminlashga koʻmaklashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер