8 oy davomida 165,7 ming nafar oʻzbekistonlik Saudiya Arabistoniga safar qilgan
2025-yilning yanvar–avgust oylarida jami 165,7 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning ortda qolgan 8 oyi davomida Saudiya Arabistoniga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
- sayohat – 141,6 ming nafar;
- qarindoshlarni yoʻqlash – 23,5 ming nafar;
- davolanish – 548 nafar;
- xizmat yuzasidan – 62 nafar;
- oʻqish – 18 nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 53,8 ming nafarga yoki 48,1 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring