8 nafar oʻquvchi 22-Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etadi
Bugun fizika fanidan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning 3-bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
Ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berildi, har bir topshiriq qiyinlik darajasiga koʻra turlicha ball bilan hamda barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga 5 soat vaqt ajratiladi.
Ushbu saralash bosqichida 8 nafar oʻquvchi saralab olinadi hamda 23 — 31-may kunlari Hindiston davlati tashkilotchiligida masofaviy (onlayn) shaklda oʻtkaziladigan 22-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etadilar.
Bundan tashqari, Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etib, eng yuqori ball toʻplagan 5 nafar ishtirokchi nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring