700 nafarga yaqin bemorda endoprotezlash amaliyotlari bepul oʻtkazildi — SSV
Foto: SSV matbuot xizmati
Son suyagi, yelka, tizza boʻgʻimlarining yemirilishi bilan bogʻliq xastaliklarni davolashda qoʻllaniladigan, qiymati 18 mln. soʻmga teng boʻlgan endoprotez moslamalarini oddiy aholi xarid qilishga qiynaladi.
Shu bois Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida joylarda tashkil etilgan sogʻlomlashtirish aksiyalari davomida 670 nafar shunday bemorda chanoq-son boʻgʻimi, 28 nafarida tizza boʻgʻimini endoprotezlash operatsiyalari bepul oʻtkazildi.
Qolaversa, avvallari faqatgina Toshkentda bajarilgan buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari sogʻlomlashtirish aksiyalari doirasida tumanlar darajasiga tushirildi. Natijada 95 nafar bemorga buyrak koʻchirib oʻtqazildi.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumani hamda Surxondaryo viloyatining Denov tumani markaziy shifoxonalarida bajarilgan bunday murakkab amaliyotlarga poytaxtlik yetuk jarrohlar boshchilik qildi.
Shuningdek, 640 nafar tugʻma yurak nuqsoni bilan ogʻrigan bemor bolalar jarrohlik amaliyotlari orqali sogʻlomlashtirildi.
Vazirlik tomonidan hududlar boʻylab tashkil etilgan tibbiy koʻriklarda yuqori texnologiyali operatsiyalarga muhtoj 13 ming nafar bemor roʻyxati shakllantirilgan.
Joriy yil yakuniga qadar ularning 11 ming nafarini hududlarning oʻzida, 2 ming nafarini esa respublika tibbiyot muassasalarida sogʻlomlashtirish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring