55 nafar fuqaro ishlash uchun Moskva shahriga joʻnab ketdi
Yurtdoshlarimizni xorijda bandligini taʼminlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan koʻplab salohiyatli ish beruvchi kompaniyalar va vakolatli tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Ana shunday saʼy-harakatlar natijasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan Rossiya Federatsiyasining “Novыye lyudi” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida imzolangan kelishuvga asosan 55 nafar fuqarolarimiz vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Moskva shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Qurilish obyektlarida ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalarini muvofiqlashtirish ofisi bilan hamkorlikda shaxsiy gigiyena va antiseptik vositalar, sumka, termos jihozlari taqdim etildi.
Fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilgan tarqatma materiallar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring