«5 tashabbus olimpiadasi” Respublika final bosqichida 912 nafar yoshlar gʻolib va sovrindorga aylanishi kutilmoqda

16:49 13 Iyun 2023 Jamiyat
576 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!» shiori ostida oʻtkazilayotgan Yoshlar festivallari va «5 tashabbus olimpiadasi” hududiy bosqichi yakunlari haqida maʼlumot berdi.

“Yoshlar oyligi” tadbirlari reja-grafik asosida respublikaning barcha mahallalari, tuman va shaharlarida 30-iyunga qadar tashkil etiladi. Jumladan, 12-15-iyun Surxondaryo, 14-17-iyun kunlari Qashqadaryo viloyatlarida oʻtkaziladi.

Yakuniy respublika festivali 30-iyun – “Yoshlar kuni”da Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Joriy yilning 26-maydan 10-iyunga qadar respublikamizning 14 ta hududida «5 tashabbus olimpiadasi”ning toʻrtinchi hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

“Yoshlar raqs” festivali, stol tennisi, shashka, vorkout, yengil atletika, stritbol, va gimnastrada hamda paralimpiya sport turlari shuningdek, “Yoshlar kubogi” kibersport musobaqasi va 5 ta (“Erkaklar sartaroshi”, “Tikuvchilik”, “Oshpazlik”, “Qandolatchilik” va “Hunarmandchilik”) yoʻnalishida “Kasblar tanlovlari” oʻtkazilib, yakuniy natijalarga koʻra 7 938 nafar gʻolib va sovrindor yoshlar 12-22-iyun kunlari boʻlib oʻtadigan respublika final bosqichining “A”, “V” va “S”-ligalarida ishtirok etadilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?