4 nafar fuqaro noqonuniy tarzda elektromobillarni quvvatlash qurilmalaridan foydalanib kelayotgani aniqlandi

Soʻngi 2 kunda Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan tegishli tashkilotlar hamkorligida Toshkent shahrining Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi elektromobillarni quvvatlash qurilmalarida texnik qoidalarga rioya qilinganligi boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Xususan, Yakksaroy tumanida 4 ta isteʼmolchi oʻrnatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, elektr hisoblagichsiz, koʻp qavatli uyning bosh taqsimlash shitiga ulangan holda, “Elektr hisob” dasturiga kiritmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur isteʼmolchilar elektr tarmogʻidan ajratildi. Ularga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring