Umra va Haj ziyoratlari uchun ilova ishlab chiqiladi

2025-yilning 1-sentyabrigacha fuqarolarning ibodat va diniy rasm-rusumlarni bajarishini qulaylashtirish maqsadida “Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi. Bu prezidentning diniy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga doir farmonida koʻzda tutilgan.
Unga koʻra, Portal Haj tadbirlariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda Umra tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron roʻyxati shakllantiriladigan tizimga aylanadi.
Portal yordamida Haj va Umra faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va rasmiylashtirish bilan bogʻliq jarayonlar raqamlashtiriladi. Vazirlik va idoralar qoʻmita soʻroviga koʻra oʻzining axborot tizimlarini portalga integratsiya qilishadi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita portal faoliyatini moliyalashtirishga, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga, aloqador davlat va nodavlat tashkilotlar uchun foydalanish imkoniyatini yaratishga masʼul davlat organi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring