31-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi aytildi
Foto: Muhsin Umurzoqov/“Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 31-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 8-10° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring