3 ta telekanalga reklama qonunchiligini buzgani uchun chora koʻrilgani aytilmoqda
Raqobat qoʻmitasi tomonidan olib borgan tahlillar davomida 3 ta telekanalda, jumladan, “FTV”, “Muloqat” va “Amudaryo” telekanallari tomonidan joriy yilning aprel-iyul oylarida joylashtirilgan reklamalar hajmi qonunchilik bilan belgilangan meʼyorlardan ortiqligi aniqlandi. Bu haqda Qoʻmita xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, yuqoridagilarga asosan, Qoʻmitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan bir necha telekanallariga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar berilgan.
Qayd etish kerakki, Raqobat qoʻmitasi telekanallarni reklamaga oid oʻz faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirish va qayta koʻrib chiqish boʻyicha ogohlantirgan edi.
Shunga qaramasdan, ijtimoiy tarmoqlarda bir qator telekanallar tomonidan taqdim etilayotgan reklamalar hajmi koʻpligi, reklama roliklari efiri uzoq vaqt davom etishi yuzasidan qoldirilgan murojaatlar keskin muhokamalarga va keng jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlgandi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuning 27-moddasiga muvofiq, telekanallar efirida tarqatilayotgan reklamaning (shu jumladan teledoʻkon reklamasi kabi reklamaning) umumiy davomiyligi koʻrsatuv vaqtining bir soati davomida yigirma foizdan, biroq bir sutkada koʻrsatuv vaqtining oʻn besh foizidan oshishi mumkin emasligi belgilangan.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona surishi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring