3-sinf bolani jarohatlagan oʻquvchining onasi javobgarlikka tortildi
Foto: Toshkent shahar IIBB
Avvalroq Bektemir tumanida 9-sinf oʻquvchisi 3-sinf oʻquvchisiga tan jarohati yetkazgani haqida xabar berilgan edi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlum berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 4-oktyabr kuni taxminan soat 16:20 larda Bektemir tumanidagi 290-sonli maktabda 2010-yilda tugʻilgan S.A. 2016-yilda tugʻilgan F.A. bilan oʻzaro ogʻzaki gap talashib qolgan. Shundan soʻng S.A. velosipedda uchib ketayotgan 9 yoshli F.A.ni oyogʻi bilan tepib yuborgan. Oqibatda F.A. yuz qismi bilan yiqilib tushgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, voyaga yetmagan F.A.da “Yuqori lab oʻng tomonlama shilliq qavati ezilib yirtilgan yarasi, yuqori jagʻ oʻng tomonlama ikkinchi tishi toʻliq chiqishi, yuqori jagʻ oʻng tomonlama 1-tishi notoʻliq chiqishi, bosh peshona chap yonoq chap lunj, chap yelka kamari, ikkala kaft sohalari, yumshoq toʻqimalari lat yeyishlari va shilinmalari” jarohatlari borligi aniqlangan. Ushbu jarohatlar ogʻirlik darajasiga koʻra, sogʻliqni qisqa muddatga buzilishi olib kelgan yengil tan jarohatlari deb baholangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv jarayoni Toshkent shahar IIBB boshligʻi tomonidan shaxsan nazoratga olingan.
Hozirda voyaga yetmagan 15 yoshli S.A.ning onasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi (“Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, maktab maʼmuriyati va ota-onalar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tegishli choralar belgilab olingan.
“Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi IIBB xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring