27 — 31-iyul kunlari Nukusda landshaftning moddiyligiga bagʻishlangan ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyasi oʻtkaziladi
Ekspeditsiyadan koʻzlangan maqsad Nukus tumanida biodizayn sohasida ilmiy izlanishlar olib borish va Orol dengizini oʻrganishdan iborat. Mutaxassislar mintaqaning atrof-muhit, madaniyati va tarixiy merosidan bevosita ilhomlanishlari iqlim oʻzgarishi va atrof-muhitning tanazzuli sharoitida barqarorlik va chidamlilikni ragʻbatlantiruvchi innovatsion loyiha yechimlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Jamoa oʻz tadqiqotlarida kishilar va buyumlarning oʻzaro uygʻunligiga urgʻu beruvchi moddiy madaniyatni tadqiq etishning antropologik anʼanalariga tayanadi. Landshaft murakkab qatlam boʻlgani bois moddiy obyekt sifatida idrok etilishi va boshqarilishi mumkin emas. Aksincha u biz istiqomat qilayotgan, harakatlanayotgan va mushohada yuritayotgan muhitni aks ettiradi. Bizlar bir vaqtning oʻzida ham landshaftning bir qismi boʻlib, ham undan farqlanamiz. Bu bizning oʻzimizni-oʻzimiz anglash va kechinmalarimizga taʼsir etadi.
Tadqiqot loyihasida 8 mamlakatdan “Formafantasma”, “IM A Studio”, “Applied Ingredients” dizayn byurolari vakillari, Andrea Trimarki, Simone Farrezin, Sissel Tolaas, Katya Briskina, Shohruh Rahimov, Manuel Korrea, Ivan Dubkov, Mi Yu, Patrishiya Rid, Rahesh Ram, Yuliya Gromova, Geri Chjesi Chjan kabi malakali rassom, meʼmor, olim, tadqiqotchi va yozuvchilar ishtirok etadilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring