2100-yilga kelib Antarktida muz qoplamining chorak qismga qisqarishi mumkin
Agar global isishga olib keladigan issiqxona gazlari chiqindilari hozirgi darajada saqlanib qolsa, 2100-yilga kelib Antarktida muz qoplami 25 foizga qisqarishi mumkin. Bu haqda Yaponiyaning Okean va Yer fanlari hamda texnologiyalari agentligi (JAMSTEC) tadqiqotchilari maʼlum qilishdi.
JAMSTEC hisobotida aytilishicha, Antarktidaning muz qoplami hozirda taxminan 12 million kvadrat kilometrni egallaydi. Olimlarning fikricha, muz 2016-yilda qisqara boshlagan. Tadqiqotchilar bu jarayonni sayyoradagi haroratning oshishi bilan bogʻlashadi.
JAMSTEC mutaxassislari atmosferadagi karbonat angidrid va metan konsentratsiyasi taʼsirida Antarktida muz qoplamidagi oʻzgarishlarning turli ssenariylarini oʻrganib, kompyuter modellashtirish ishlarini olib borishdi. Agar joriy emissiyalar bir xil boʻlib qolsa, 2100-yilga kelib karbonat angidrid miqdori hozirgi darajaga nisbatan bir yarim barobar ortadi. Shu sababli muz maydoni chorak qismga kamayishi mumkin.
Biroq, olimlarning fikricha, 2040-yilgacha atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini cheklash boʻyicha samarali choralar koʻrilsa, muz qoplamining qisqarishini toʻxtatish mumkin. Bunday holda, muzning erishi tezligi sekinlashadi va kelajakda muz qoplamining maydoni barqarorlashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring