21 yoshli qizlarni Turkiyaga fohishalikka sotib yubormoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Foto: IIBB
Toshkent viloyati IIBB tomonidan “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida jiddiy jinoyatning oldi olindi
Maʼlum boʻlishicha, 1999-yilda tugʻilgan Nurafshon shahrida yashovchi ayol (N.K.) ikki nafar qizni aldab, moʻmay daromad vaʼda qilib, Turkiyaning Istanbul shahriga joʻnatishga uringani aniqlandi. Jinoyat sodir etilayotgani Toshkent xalqaro aeroportida oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida fosh etildi.
Xabar qilinishicha, N.K. Bekobod shahri va Oʻrta Chirchiq tumanida yashovchi 21 yoshli qizlar (S.T. va M.M.)ni oson pul topish imkoniyatiga ishontirgan. Ularni aldab, Istanbul shahrida fohishalik faoliyati bilan shugʻullanishga yoʻnaltirmoqchi boʻlgan. Aeroportda tezkor xodimlar tomonidan toʻxtatilgan N.K. daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va tergov harakatlari olib borilmoqda. Qonunchilikka koʻra, odam savdosi jinoyatini sodir qilgan shaxs 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 12-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar odam savdosi kabi jinoyatlarning oldini olish uchun barcha fuqarolardan hushyorlikni oshirishni va shubhali vaziyatlar haqida darhol xabar berishni soʻraydi. Bu kabi holatlar nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytiradi, balki ehtiyotsizlik oqibatida jabrlanuvchi boʻlib qolishdan himoya qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring