2027-yil yakuniga qadar yurtimizda 10 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

13:35 21 Noyabr 2023 Jamiyat
100 0

2027-yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 4 400 MVt boʻlgan 10 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Energetika vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, xususan:

2025-yilda (2023-yil yakunida ilk quvvatlar) Tomdi tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

2025-yilda Buxoro viloyatining Peshku va Gʻijduvon tumanlarida umumiy quvvati 1000 MVt boʻlgan 2 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

2025-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoraoʻzak tumanida quvvati 100 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

2026-yilda Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida tumanida quvvati 600 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

2027-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida har birining quvvati 500 MVtdan boʻlgan 3 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

2027-yilda Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Tender jarayonidagi loyiha: Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida quvvati 200 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish boʻyicha tender tanlovi davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?