2026-yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 25-dekabr kuni “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi (OʻRQ–1105-son) Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi 2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunga koʻra, 1-darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan faqat 2026 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga oʻtkazilmaydi.
2026-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
• mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari;
• tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari;
• chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimlarning stavkalari.
2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
Ushbu Qonun 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring