2025-yilning dastlabki 3 oyi mobaynida qancha maʼmuriy ish koʻrib chiqilgan?

18:04 16 Aprel 2025 Jamiyat
185 0

2025-yilning dastlabki uch oyi mobaynida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan maʼmuriy ishlar boʻyicha hisobot eʼlon qilindi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Abidov maʼlum qildi.

Unda aytilishicha, joriy yilning I-choragi davomida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 162 ming 665 nafar shaxsga nisbatan 138 ming 557 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilib, 105 ming 418 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jazolar qoʻllanilgan.

Yarashilganligi munosabati bilan esa 19 ming 201 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilingan.

Koʻrilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarning aksariyatini:

  • mayda bezorilik;
  • ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik;
  • avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish;
  • elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish, haqorat qilish;
  • transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi;
  • savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish;
  • jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish, transport vositalarini mastlik holatida boshqarish;
  • sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar tashkil etgan.

Shuningdek, apellyatsiya tartibida 1 ming 924 nafar shaxsga nisbatan 1 ming 632 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilgan. 637 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 577 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari esa oʻzgartirilgan.

Kassatsiya tartibida 2 ming 540 nafar shaxsga nisbatan 2 ming 380 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilgan. 1 ming 21 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 625 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirilgan.

Bundan tashqari, Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida 467 nafar shaxsga nisbatan 420 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilgan. 102 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 83 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер