2025-yilda Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,7 foizga oʻsdi

16:03 28 Yanvar 2026 Iqtisodiyot
572 0

2025-yilda Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 849,7 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Yalpi ichki mahsulot hajmi yillar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

  • 2021-yil — 861,2 trln soʻm;
  • 2022-yil — 1 041,9 trln soʻm;
  • 2023-yil — 1 261,8 trln soʻm;
  • 2024-yil — 1 535,4 trln soʻm;
  • 2025-yil — 1 849,7 trln soʻm.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?