2025-yilda Gruziyaga borgan oʻzbekistonliklar soni toʻgʻrisida maʼlumot berildi

20:27 25 Yanvar 2026 Jamiyat
174 0

2025-yilda jami 17,3 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Gruziyaga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

2025-yilda Gruziyaga borgan Oʻzbekiston fuqarolari soni safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

  • sayohat – 18 364 nafar;
  • qarindoshlarni yoʻqlash – 1 885 nafar
  • davolanish – 27 nafar;
  • xizmat yuzasidan – 65 nafar;
  • oʻqish – 31 nafar.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5 ming 798 nafarga yoki 50,2 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?